Partiya hayoti

35 YILLIK SIYOSIY TARIX: EHTIROM VA E’TIROF

Blog Image
Email : 11 0

Joriy yil 1 noyabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan partiya Markaziy Kengashida tantanali tadbir tashkil etildi.

Unda o‘tgan yillar davomida partiyamiz mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida munosib o‘rin egallagani, ijtimoiy davlat tamoyillarini qaror toptirish hamda demokratik islohotlarni tatbiq etish jarayonlariga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgani ta’kidlandi.

O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi U.Inoyatov 35 yillik tarix kelajak taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor, boy siyosiy tajriba va ulkan mas’uliyat maktabi ekanini qayd etdi. O‘z g‘oya va qadriyatlarimizga sodiq, zamon talablari bilan hamnafas bo‘lib, xalq bilan muloqotni yanada kuchaytirish, inson qadrini ulug‘lash, imkoniyatlar tengligini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qat’iyat bilan davom ettirish lozimligi bildirildi.

Tadbir davomida partiya taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi, ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun bir guruh faxriy va faollarga «O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori» ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Ushbu e’tirof partiyaning shakllanishi va rivojlanishida o‘z mehnati, bilim va tajribasi bilan iz qoldirgan, shuningdek, bugungi ijtimoiy-siyosiy maydonda partiya g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazishda namuna bo‘layotgan safdoshlarimizga yuksak hurmat ifodasidir.

Ochiq muloqot tarzidagi tadbirda faxriylar o‘zlari mehnat qilgan yillarni yodga olib, jamoa bilan hamjihatlikda amalga oshirilgan tashabbuslar va erishilgan natijalar haqida so‘zlab, yangi yosh avlod kadrlariga tavsiyaviy nasihatlarini berishdi. Faxriylar va yoshlar o‘rtasida doimiy muloqotni yanada izchil yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

O‘zXDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati.